Четверг
17.07.2025
20:20
So'rovnoma
Yulduzlar reytingi
Всего ответов: 50
Xisoblagich.ucoz
QIDIRISH
MP3
Sms jo'natish
Калькулятор
REKLAMA
Biz bilan aloqa
Portal ma'muriyati Asilstudio.tv@mail.ru +98936100009 Web master Asilstudio.tv@mail.ru +998762228686 Reklama uchun Asliddin.ru@mail.ru
SAYT HAQIDAA

Asilstudio.tv

Каталог статей

Главная » Статьи » Мои статьи

Muhammad Yusuf xotirasiga

Muhammad Yusuf xotirasiga
 
O’tib borayotir bu umr – karvon,
Aylab dil atalmish kulbamni vayron,
Muhammadsiz qoldik, Muhammadsiz-ey,
Nega yig’lamaysiz, ahli Andijon.
 
Bag’ringda bo’y etgan bo’z bolang ketdi,
Burguting ham lochin ko’z bolang ketdi,
O’zgamas, o’zbeging, o’z bolang ketdi,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.

Yulduzni yig’latgan ash’ori qoldi,
Bag’ri qon qizg’aldoq – alyori qoldi,
Boychechagu jayron, gul – yori qoldi,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.
 
Yig’lab qoldi bir qiz buloq boshida,
Armon – o’kinchlari ko’zin yoshida,
O’kinib-o’kinib qabri qoshida
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.
 
Uchmoqqa o’ch edi uchmoqqa uchdi,
Ulug’ Ulug’begin ulug’in quchdi…
Osmoningdan yorqin yulduzing uchdi
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.
 
Bu kun yo’lbarslarga edirgum dilim,
Yuragim edirgum, edirgum tilim.
Ko’klamoyning ko’kin so’rab bir chimdim,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.



Источник: http://Asilstudio.tv
Категория: Мои статьи | Добавил: Asilstudiotv (21.10.2009) | Автор: Asliddin E W
Просмотров: 2174 | Комментарии: 2 | Теги: asilstudio.tv | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
2 Beozorgina  
0
zo'r chiqbdi gap yo'q,Halq suygan sanatkor edi Muhhamad yusuf Joylari jannatdan bo'lsin

1 bulut  
0
juda zo'r

Имя *:
Email *:
Код *: