H I K M A T L A R
Navro`zdan so`ng qish bo`lmas,
Mezondan so`ng yoz bo`lmas.
***
Bahorgi harakat – kuzgi barakat.
***
Bahorning bir kuni qishni boqar.
***
Yer boylikning onasi bo`lsa,
Otasi mehnat
***
Yer dehqonning hazinasi.
***
Yer ona, suv ota,
Mehnat – boylik.
***
Yer ochganning baxti ochilar.
***
Yer el bilan obod,
El yer bilan obod.
***
Yerga mehr – elga mehr.
***
Mehnat – rohatning poydevori.
***
Mehnat tortgan rohat ko`rar.
***
Mehnat qilsang, ko`ksing tog`,
Hurmat qilsang, diling bog`.
***
Mehnatda sinalgan – elda aziz.
***
Mehrli odam sevimli bo`lar.
***
Aqlli ish qanotli qush.
***
Baxt g`oyibdan kelmas,
Uni qo`ling bilan yarat.
***
Dili pokning yo`lip ok.
***
Ishlab topganning oshi – lazzatli.